Burro AI Bolalar matni uchun

Yordam

Burro AI matn qaysi yoshdagi bolaga tushunarli ekanini ko'rsatadi, qiyin so'zlarni belgilaydi va ularga soddaroq so'z taklif qiladi. Ota-ona kitobni farzandiga mosligini, muallif va tarbiyachi esa matnni maqsadli yoshga moslashtirish uchun foydalanadi.

Qanday ishlaydi

  1. «Matn kim uchun?» — farzandingiz yoki o'quvchingiz yoshini tanlang (ixtiyoriy).
  2. Faylni yuklang (PDF, DOCX, TXT), matnni joylang yoki qog'oz kitob sahifasini «Kitob sahifasidan» yo'riqnomasi bilan oling.
  3. Natija ekranining tepasidagi kartada javob chiqadi: mos, qisman mos yoki hozircha qiyin, tushunarlilik foizi va qiyin so'zlar soni.
  4. Qiyin so'zni bosing: uning yoshi, misol va soddaroq so'z chiqadi. «Soddalashtirish» oynasida takliflarni qabul qiling, «O'qish rejimi»da toza matnni bolaga o'qib bering.

Yosh guruhlari

GuruhYoshQanday so'zlar
1+1 yoshEng oddiy so'zlar: ona, ota, suv, non
2+2 yoshKundalik narsalar, ranglar va oddiy harakatlar
3+3 yoshMaktabgacha kichik yosh: atrofdagi tanish tushunchalar
4+4 yoshMaktabgacha katta yosh: keng tarqalgan tushunchalar
5+5–6 yoshMaktabga tayyorlov: maktab, tabiat, jamiyat
7+7–9 yosh, 1-2-sinfMavhum tushunchalar, tarix, madaniyat
10-1210–12 yosh, 3-4-sinfIlmiy, falsafiy va murakkab atamalar

Natijani qanday o'qish

Savollar

Takliflar matnga o'zi qo'llanadimi?

Yo'q. Matnga faqat siz qabul qilgan almashtirishlar tushadi: so'z oynasidagi «Almashtirish» yoki «Soddalashtirish» oynasidagi «Qabul». Hech narsa qabul qilinmasa, Word, PDF fayli va nusxa asl matnni beradi.

Natijam saqlanadimi?

Tizimga kirgan bo'lsangiz, har bir tekshiruv «Mening matnlarim» bo'limida saqlanadi. Kirmagan bo'lsangiz, natija ostidagi «Kirib saqlash» tugmasini bosing: kirgandan yoki ro'yxatdan o'tgandan keyin shu natija saqlanadi.

Matnim qayerga ketadi?

Tahlil paytida matndagi ayrim so'zlar alohida-alohida (butun gaplar emas) baholash uchun AI xizmatiga yuborilishi mumkin. Kirmasdan tekshirsangiz, matn serverda saqlanmaydi. Saqlangan matnni «Mening matnlarim»da istalgan payt o'chira olasiz.

Skaner qilingan PDF yoki kitob rasmini tekshirsa bo'ladimi?

Hozircha rasm ko'rinishidagi matn o'qilmaydi. Telefon kamerasi bilan matnni nusxalab oling (Android: Google Lens, iPhone: Jonli matn) va «Kitob sahifasidan» oynasiga joylang.

So'zning yoshi noto'g'ri baholangan bo'lsa-chi?

Administratorga yozing: ali@gmail.com. So'z va matnni ko'rsating — ekspertlar ko'rib chiqadi.

Matnni tekshirish